O‘zbekistonlik hakamlar Ronaldu ishtirokidagi o‘yinida ishlaydi
Sport
−
11:01 492 1 daqiqa
O‘zbekistonlik hakamlar Elit Osiyo Chempionlar ligasining 1-tur doirasidagi “Al-Ayn” va “Al-Nasr” uchrashuviga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O‘zFHM) xabar berdi.
Joriy yilning 15 sentyabr kuni BAAda bo‘lib o‘tadigan “Al-Ayn” va Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan “Al-Nasr” jamoalari o‘rtasidagi bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Uchrashuvning bosh hakami etib Ilgiz Tantashev tayinlangan. Unga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. VAR tizimida Axrol Risqullayev, AVAR hakami sifatida esa Abdurashid Xudoyberganov faoliyat olib boradi.
Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Elit Chempionlar ligasining dastlabki tur o‘yinlariga tayinlandi. Joriy yilning 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan “Al-Qodisiya” va “Al-Vasl” bahsida Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi.
16 sentyabr kuni Tailandda o‘tkaziladigan “Port” va Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda esa Valentin Kovalenko hakamlar nazoratchisi sifatida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 noyabr kuni Ronaldu yetakchiligidagi “Al Nasr” jamoasi Elit Chempionlar ligasi 4-tur doirasida “Paxtakor” bilan bahs uchun Toshkentga keladi.
Live
Barchasi