O‘zbekistonlik hakam Iordaniyadagi muhim futbol bahsini boshqaradi

Sport

−

image

O‘zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi Iordaniya futbol assotsiatsiyasi taklifiga binoan, mamlakat chempionati o‘yinida ishlaydigan bo‘lishdi. Iordaniya Professional ligasining 21-turidan o‘rin olgan "Al-Vihdat" - "Al-Faysali" bahsini Asimov bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Sanjar Shoyusupov yordam beradi. Rustam Lutfullin ushbu bahsda zaxira hakami sifatida ishlaydi.

20-turdan so‘ng "Al-Faysali" va "Al-Vixdat" klublari mos ravishda turnir jadvalida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallashgan. Jamoalarning reytingdagi tafovuti atigi bir ochkoni tashkil etyapti.

Eslatib o‘tamiz, "Al-Vihdat" va "Al-Faysali" o‘rtasidagi chempionlik o‘yini deya qaralayotgan bahs 28 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 21:30 start oladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing