O‘zbekistonga jalb qilingan investitsiyalar 49 foizga kamaydi

Jamiyat

image

2024 yilda O‘zbekistonga jalb qilingan investitsiyalar miqdori 49 foizga kamaydi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hisobotida keltirilgan.

Hisobotga ko‘ra, joriy yilda Qozog‘iston Shimoliy va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yangi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan. Mamlakat o‘ziga 15,7 milliard dollarni jalb qilgan. Bu esa mintaqadagi barcha investitsiyalarning 63 foizini tashkil etadi.

Shu tariqa Qozog‘iston mintaqadagi investitsiyalar hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Undan keyingi o‘rinlarda:

  • O‘zbekiston – 4 milliard dollar (-49 foiz);
  • Qirg‘iziston – 2,1 milliard dollar (+310 foiz);
  • Ozarbayjon – 1,2 milliard dollar (+1foiz);
  • Turkmaniston – 339 million dollar;
  • Gruziya – 126 million dollar;
  • Armaniston – 67 million dollar.

Qayd etilishicha, xalqaro kompaniyalarning Qozog‘istonga bo‘lgan barqaror qiziqishi iqtisodiyot diversifikatsiyasi, yashil energiyani qo‘llab-quvvatlash, raqamlashtirish va texnologik innovatsiyalar bilan bog‘liq. Qozog‘istonning muvaffaqiyati investitsiya agentliklari va vazirliklarining faol ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular investorlarga barcha bosqichlarda yordam ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston investitsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing