O‘zbekistonga Yevropada ommalashgan vaksina olib kelindi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2021 5316 1 daqiqa
Bugun, 18 oktyabr kuni O‘zbekistonga AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 ming 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa mamlakatga emlash boshlanganidan beri keltirilgan Pfizer/BioNTech vaksinasi miqdori 1 mln 726 ming 500 dozaga yetdi. Umumiy vaksinalar miqdori esa 29 mln 214 ming 488 dozani tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni ham Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlashga ruxsat berilgan.
14 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakatda 151 ming 124 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangan.
Live
Barchasi