O‘zbekistonga yangi muftiy tayinlandimi? O‘MI izoh berdi

Jamiyat

image

Oxirgi vaqtlarda Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekistonning yangi muftiysi etib tayinlangani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Nuriddin domla Xoliqnazarov ayni damda Toshkent shahar bosh imom xatibi lavozimida faoliyat yuritayotganini alohida ta’kidlagan.

Idora tasdiqlanmagan xabarlar tarqatmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov joriy yilning 15 avgust kuni vafot etdi. U vafotiga qadar Moskvadagi klinikada muolaja olayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

734

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing