O‘zbekistonga yana 70 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi
Jamiyat
−
10 iyun 2021
2987O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik ikkinchi komponenti olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 10 iyun kuni O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik ikkinchi komponenti olib kelindi. Joriy yilning 1 iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik birinchi komponenti keltirilgan edi.
Joriy yilning aprel oyida esa ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishib olgan edi.
LiveBarchasi