O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi. Kuchli yomg‘ir kutilmoqda
Jamiyat
−
18 mart 2021 47997 1 daqiqa
Gidrometeorologiya xizmati markazi hafda oxirida O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
19-20 martda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
18-20 martda Respublikaning ba’zi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18-19 martda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
20 martda Respublika hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025