O‘zbekistonga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda – O‘zgidromet

Jamiyat

image

O‘zbekistonga sovuq havo massalari kirib kelmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, 16-17 yanvar kunlariga borib respublika bo‘ylab deyarli barcha hududlarda havo harorati pasayadi. Kunduzgi haroratlar ham pasayib, tungi va ertalabki soatlarda sovuq kuchayadi.

Shu bilan birga, antitsiklon natijasida yog‘ingarchilik bo‘lishi ham prognoz qilinmoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar qayd etiladi. Yog‘ingarchiliklar va shamol natijasida atmosferada to‘planib qolgan mayda zarrachalar yuvilishi hamda atmosfera havosi sifati yaxshilanishiga bir oz muddat sababchi bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga sovuq antitsiklon kirib kelishi oqibatida atmosfera havosida ifloslovchi moddalar va mayda zarrachalarning to‘planishi kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sovuq antitsiklon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing