O‘zbekistonga Rossiyadan sovuq havo oqimi kirib keladi

Bu qiziq

image

Bu hafta O‘zbekistonning barcha hududlari Sibir antitsikloni periferiyasi ta’siri ostida bo‘ladi, u Rossiyaning Uraldan Oxota dengizigacha bulgan keng hududini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ushbu antitsiklonning periferiyasi Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib keladi. Shu munosabat bilan dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika bo‘yicha sovuq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Ammo mamlakatda Sibir va shimoliy Qozog‘iston hududlaridagi kabi sovuq kutilmaydi, lekin me’yordan 4-7 darajaga past bo‘lgan harorat hafta davomida saqlanib turadi.

"Yakshanba kuni 27 dekabrda yog‘ib o‘tgan qor bu yilgi so‘nggi qor edi, O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladilar", deyiladi O‘zgidromet xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

2615

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing