O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan o‘q-dorilar to‘xtatib qolindi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati hududiga jangovar o‘q-dorilar noqonuniy olib kirilishining oldi olindi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari Matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonning “Olot-avtoyo‘l” chegara o‘tkazish punktida harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi S.A. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk transport vositasi chegarachilar tomonidan xizmat iti yordamida bojxona xodimlari hamkorligida ko‘rikdan o‘tkazilgan. 

Tekshiruv davomida yuk mashinasi tirkamasiga ortilgan jami 8 dona yengil avtomashina orasidan, davlat raqamisiz, rusumi Hyundai Elantra bo‘lgan avtomashinaning orqa o‘rindig‘i va zaxira g‘ildiragi orasidan 1 dona karton qutida 43 dona jangovar patron yashirib qo‘yilgani aniqlangan. Shuningdek, hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing