Koronavirusning yangi shtammi kirib keldimi? Nurmat Otabekov javob berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning AQSHda aniqlangan “yota” shtammi O‘zbekistonga ham kirib kelgani to‘g‘risida turli xil mish-mishlar paydo bo‘ldi. Bugun, 13 avgust kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ushbu holatga oydinlik kiritdi

Ma’lum qilinishicha, ayni payta mamlakatda koronavirusning Nyu-York shtatida aniqlangan “yota” shtammi bilan kasallangan bemorlar yo‘q. 

“Hozircha AQSHning Nyu-York shtatida aniqlangan “yota” shtammining O‘zbekiston hududida aniqlangani haqida ma’lumotlar yo‘q. Mazkur shtammning yurtimizga kirib kelish ehtimolini inkor qilmagan holda, respublika hududida aylanib yurgan virus shtammlarining u yoki bu turga mansubligi monitoring qilib borilayotganini ma’lum qilamiz”, deydi Nurmat Otabekov.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirusning “yota” shtammi AQSHda 2020 yilning noyabr oyida aniqlangan. Ushbu shtamm jiddiy kasallikka olib kelmaydi va infeksiyalarning yanada jiddiy tarqalishiga sabab bo‘lmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing