O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 3 million doza vaksina keltirildi
Jamiyat
−
22 avgust 2021
8659Bugun, 22 avgust kuni Xitoydan O‘zbekiston olimlari bilan hammualliflikda tayyorlangan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan yana 3 million doza olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:
- 27 martda — 1 million doza;
- 27 aprelda — 1 million doza;
- 18 mayda — 1 million doza;
- 19 mayda — 500 ming doza;
- 10 iyunda — 1 million doza;
- 29 iyunda — 1 million doza;
- 30 iyunda — 1 million doza;
- 20 iyulda — 1 million doza;
- 21 iyulda — 1 million doza;
- 5 avgustda — 1 million doza;
- 6 avgustda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 17 million 856 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 370 000 dozasi "Sputnik V",
- 986 480 dozasi AstraZeneca,
- 13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar 12 million 750 ming 44 doza vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi.
Shuningdek, shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar 1 million 479 ming 304 nafarni tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi