O‘zbekistonga kirib kelgan koronavirus shtammlaridan eng xavflisi qaysi?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Koronavirus infeksiyasining qaysi  shtammi eng xavfli hisoblanadi? AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirus infeksiyasi va unga qarshi vaksinatsiya borasidagi savollarga javob berdi.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi bo‘yicha ma’lumotlar doimiy ravishda o‘zgarib tursa-da, bugungi kunda AQSH, Xitoy, Rossiya va Yevropa davlatlari ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda aniqlangan va tasdiqlanib kelayotgan koronavirus infeksiyasining shtammlari ichida birlamchi paydo bo‘lgan koronavirusga nisbatan turli xil, ya’ni tezroq tarqaluvchi yoki og‘irroq kechuvchi xussusiyatlarga ega bo‘lgan shtammlari mavjudligi yoritilmoqda. 

Oxirgi tadqiqotlar natijasida “afrikancha” shtamm eng xavfli deb tan olingan, chunki bu shtamm gumoral immunitetga qarshi tura oladi va unga qarshi davolashning ta’siri pastroq. Bu shtamm bilan kasallanganlarda koronavirus infeksiyasi og‘ir va o‘ta og‘ir darajada o‘tadi.

“Lekin, shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, bu shtamm birlamchi koronavirusga va britancha shtammga nisbatan sekin tarqaluvchandir. Shu xusussiyati bilan uni uchrashi kamroqdir. 

Bu esa, o‘z o‘rnida kasallikni bu kabi shtammlaridan o‘zimizni himoyalashimiz va doimiy ravishda karantin qoidalariga rioya qilishimiz kerak, bunda doimiy niqoblarni taqish, ijtimoiy masofani saqlash va qo‘llarni antiseptiklar bilan ishlov berib turish kerak”, deydi Ubaydullayeva.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar O‘zbekistonga koronavirusning “britancha” va “afrikancha” shtammlari kirib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sevara Ubaydullayeva birdaniga ikki xil vaksina bilan emlanish haqidagi savolga javob bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing