O‘zbekistonga Xitoydan qaytgan bir kishi topilmayapti

Jamiyat

image

Qashqadaryoda 189 nafar fuqaro koronavirusga qarshi tibbiy kuzatuvga olingan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan 2020 yil yanvardan 12 fevralgacha Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib qaytgan 189 nafar viloyat fuqarolari ro‘yxatga olindi. Shulardan 1 nafarining manzili aniqlanmoqda. 27 nafari Toshkent shahrida va 1 nafari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashayotganligi aniqlanib, tibbiy kuzatuvga olingan. 189 nafaridan 112 nafarining 14 kun tibbiy kuzatuv vaqti tugadi va ular sog‘lom. Qolgan 48 nafar fuqaro ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, har bir yo‘lovchi kelgan kunidan boshlab 14 kun davomida tibbiy kuzatuvga olingan, tana harorati bir kunda ikki marta o‘lchab turilmoqda.

Bugungi kunda viloyatda va Nishon tumani Tallimarjon sanitar nazorat punktida masofaviy termometr (4 ta pirometr), 70 ta tibbiyot termometri va “Qarshi” xalqaro aeroportida teplovizor, 4 ta pirometr, 100 ta tibbiyot termometri bilan ta’minlangan. 2020 yil yanvar oyida Nishon tuman Tallimarjon sanitar nazorat punktidan 1000 kishi, shundan xorijiy davlatdan 945 kishi va 2020 yil 1 fevraldan 11 fevral kuniga kadar 73 nafar, shundan 72 nafari xorijiy fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlanmagan.

Qarshi xalqaro aeroporti sanitar nazorat punktidan yanvar oyida 3 ming 756 kishi, shundan 97 nafari xorijiy, 1 fevraldan 10 fevral kuniga kadar 1 ming 464 nafar shundan 319 nafar xorijiy fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 7 nafar fuqaroda tana harorati yuqoriligi aniqlanib viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada isitmasi yuqori bo‘lgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ulardan namunalar olindi va viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasida tekshirilgan.

Koronovirus infeksiyasi aniqlanmadi. Bemorlarga “O‘tkir respirator kasalligi” tashxisi qo‘yilib 4 nafari sog‘lom holatda uyga javob berildi. Hozirgi kunda yotqizilgan 3 nafar fuqaro ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.
 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoydan yashirincha Vataniga qaytgan bir kishi virusni 4 ming kishiga yuqtirgani taxmin qilinayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

668

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing