O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar uchun barcha koronavirus cheklovlari bekor qilindi

Jamiyat

image

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, joriy yilning 10 iyunidan boshlab O‘zbekistonga turizm maqsadida tashrif buyuruvchi kishilar uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bois xorijlik sayyohlar O‘zbekistonga kelishidan oldin koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotga ega bo‘lishi, koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi  hamda tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lishi talab etiladigan Maxsus komissiyaning bayonlari bilan kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qoidalar bekor qilinadi.

Qayd etilishicha, komissiya O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishi va kasallanishning dinamik pasayishi, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan  va shifoxonalardan chiqarilayotganlar bemorlar sonining shifoxonaga yotqizilganlar soni, karantindan chiqarilayotgan fuqarolar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ijobiy tomonga o‘zgarganligi, shuningdek dunyo mamlakatlarida epidemiologik vaziyatni e’tiborga olib shunday qarorga keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing