O‘zbekistonga “Kalashnikov” avtomatini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi

3-sahifa

image

Rossiyada fuqaro oltin suvi yurgizilgan “Kalashnikov” avtomatini Toshkentga olib kirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Ural bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtomatni O‘zbekistonga olib o‘tkazmoqchi bo‘lgan fuqaro uni do‘stiga sovg‘a qilishni maqsad qilgan.

Tilla bilan qoplangan “Kalashnikov” avtomati 7,62 mm kalibrli AK-74M rusumli bo‘lgan.

“1974 yilda ishlab chiqarilgan priyomnik, ko‘rish moslamasi va avtomatning magazini o‘rnatilgan naqshli zardob bilan qoplangan, taglik va old qismi esa qimmatbaho yog‘ochdan qilingan. Bozorda shunga o‘xshash mahsulotlarning narxi 500 ming rublga yetadi”, deyiladi xabarda.

Hozirda mahsulot uni jangovar holatga o‘tish imkoniyatini aniqlash uchun bojxona xodimlari tomonidan mutaxassislarga topshirilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing