O‘zbekistonga qo‘shni davlatda kazino va qimor o‘yinlari qonuniylashtirildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston 10 yillik tanaffusdan keyin kazino va qimor o‘yinlarini legallashtirmoqda. Bundan maqsad – davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov imzolagan “Qirg‘iziston Respublikasida qimor o‘yinlari to‘g‘risida”gi va “Qimor o‘yinlari masalalari bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan. 

Kazino to‘g‘risidagi qonunda qimor faoliyati sub’ektlari Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Vakolatli davlat organi tomonidan 10 yil muddatga beriladigan litsenziya asosida faqat mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar qimor faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Litsenziyalar berish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda pullik asosda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, qimor o‘yinlari muassasasi bolalar bog‘chalari, maktablar, universitetlar, boshqa ta’lim muassasalari, tibbiyot va diniy muassasalar, madaniyat muassasalari, shuningdek turar-joy binolarida joylashgan bo‘lishi mumkin emas.

Bundan tashqari, qonun Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari, 21 yoshga to‘lmagan chet el fuqarolari, muomalaga layoqatsiz chet el fuqarolari qimor o‘yinlarining mijozlari bo‘la olmaydilar.

2022 yilda 1 ta o‘yin stoli uchun bazaviy stavka 750 ming som, 2023 yilda 1 million som, 2024 yildan soliq davri – bir kalendar oy uchun 1 million 250 ming somni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing