O‘zbekistonga Qozog‘istondan salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

O‘zbekistonga hafta davomida Qozog‘istondan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda "O‘zgidromet" matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, ish haftasi davomida Qozog‘iston hududlaridan O‘zbekistonga nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi hisobiga harorat biroz pasayadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 4 may kuni respublikaning shimoliy hududlari bo‘yicha biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Seshanba va chorshanba kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, payshanba va juma kunlari esa respublika bo‘yicha shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda 4 va 5 may kunlari 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hafta davomida harorat barqaror bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat 25-30 daraja atrofida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston salqin havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing