O‘zbekistonga Qozog‘iston mahsuloti niqobi ostida Rossiya g‘allasi olib kirilgani aniqlandi

Olam

image

Rossiya bug‘doyini Qozog‘iston mahsuloti niqobi ostida O‘zbekiston, Tojikiston va Afg‘onistonga eksport qilish uchun noqonuniy olib kirish sxemasi fosh qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida Rossiya bug‘doyini rasmiy shartnomalar bo‘yicha noqonuniy olib kirish sxemasi aniqlangan.

"2021-2022 yillarda shaxsi aniqlangan fuqaro Markaziy Osiyo mamlakatlariga (Afg‘oniston, Tojikiston, O‘zbekiston) Qozog‘istondan kelib chiqishini tasdiqlovchi 1 milliard tengedan ortiq soxta schyot-fakturalar bo‘yicha 26 ming tonna Rossiya bug‘doyini olib chiqib ketgan. Bu bilan xalqaro tranzit tarifi bo‘yicha umumiy qiymati 460 million tenge yuk tashish uchun to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan”, deyiladi agentlik xabarida.

Aytish joizki, Qozog‘iston Senati ham Rossiya bug‘doyini soxta hujjatlar asosida noqonuniy olib kirishning barqaror sxemasi mavjudligi va keyinchalik Qozog‘iston mahsuloti niqobi ostida uchinchi davlatlarga eksport qilinishi holatlari kuzatilayotganidan voqif ekanini ma’lum qilgan. Parlament Rossiya Federatsiyasiga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni hisobga olgan holda, soxta import va reeksport holatlari sezilarli darajada oshishini istisno qilmagan.

Ma’lumot uchun, Ostona O‘zbekistondan Qozog‘istonning un eksporti bo‘yicha salmoqli salohiyatini hisobga olgan holda, Afg‘onistonga temir yo‘l orqali tranzit tashishda bazaviy tarif imtiyozlari berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston O'zbekiston bug'doy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing