O‘zbekistonga iyun oyida nechta elektromobil olib kelindi?
Jamiyat
−
25 Iyul 2021 6695 1 daqiqa
Joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonga 63 ta elektromobil olib kelindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan 268 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 230 taga ko‘p.
Joriy yilning iyun oyida esa 63 ta elektromobil olib kelindi, bu may oyiga qaraganda 14 taga ko‘p.
Xabarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston quyidagi davlatlardan elektromobillar import qilgan:
- Xitoy – 228 ta
- Turkiya – 24 ta
- Koreya – 5 ta
- AQSH – 5 ta
- Germaniya – 4 ta
- Litva – 1 ta
- Ispaniya – 1 ta
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr