O‘zbekistonga issiq va quruq havo oqimi kirib keladi
Bu qiziq
−
28 iyun 2021 21171 1 daqiqa
Bugun, 28 iyundan boshlab O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Butun davr davomida harorat foni maqbul bo‘ladi.
Havo harorati kechalari 22-25°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43° gacha atrofida bo‘ladi.
Bunday harorat qiymatlari iyun oyi oxiri-iyul oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4° ga ko‘p bo‘ladi. Biroq, bizning O‘rta Osiyo iqlimi uchun, ayniqsa so‘nggi yillarda bu anomal hodisa emas.
Live
Barchasi