O‘zbekistonga Ispaniyadan 2 ta “Afrosiyob” poyezdi olib kelinmoqda (foto)

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston 2021 yil so‘nggiga qadar ikkita “Afrosiyob” tezyurar yo‘lovchi poyezdini sotib olishi haqida xabar bergan edik. Ayni damda ushbu poyezd va vagonlarni olib kelish ishlari davom etmoqda.

“Ayni kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaivy poyezdni relesga qo‘yib mamlakatimizga olib kelishga hozirlashmoqda”, deyiladi xabarda.

Xabar berilishicha, joriy yil 30 iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan “Afrosiyob” poyezdi, ya’ni 2 ta lokomotiv va 11 ta vagoni, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema Rossiyaning Sankt-Peterburg portiga yetib kelgan.

Ma’lumot uchun, “Afrosiyob” poyezdlarini sotib olish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, 2021 yilning dekabriga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi Talgo-250 rusumli yo‘lovchi elektr poyezdi hamda 4 ta “ekonom” toifali vagon xarid qiladi.

Mazkur qarorga muvofiq 2021 yilda yirik ishlab chiqarish ob’ektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli dasturda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun jami investitsiyalar hajmi 696,2 million AQSH dollarini tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing