O‘zbekistonga “inomarka” importi qariyb 2 baravarga oshdi

Jamiyat

image

2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan qiymati 320,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 13,6 mingta yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,9 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.

Joriy yilning besh oyida O‘zbekistonga 22 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobillar import qilingan. 

O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar: 

•  Xitoy – 6426 ta;
•  Koreya – 3491 ta;
•  Qozog‘iston – 2368 ta;
•  Rossiya – 927 ta;
•  AQSH – 122 ta;
•  BAA – 71 ta;
•  Yaponiya – 50 ta;
•  Germaniya – 37 ta.


Maqola muallifi

Teglar

inomarka

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing