O‘zbekistonga import qilingan elektromobillarga qancha pul sarflangani ochiqlandi
Texnologiya
−
27 Oktabr 2020
8684O‘zbekistonga import qilingan elektromobillarga qancha pul sarflangani ochiqlandi
Dunyo avtosanoatining umumiy bahosi 2 trillion dollar turadi. Ammo bugun elektromobillar uning 1 foizdan kamrog‘ini tashkil qiladi. Bunday mashinalar batareya orqali ishlaydi va havoni ifloslantirmasligi bilan qulay.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko‘p. Bu elektromobillar uchun 2,1 million AQSH dollar sarflangan.
Xususan, Xitoydan – 52 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan. O‘zbekiston sentyabr oyida esa xorijdan 9 ta elektromobil sotib oldi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yildan boshlab Andijon viloyatining Xonobod tumanida elektromobillar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan edi.
Dinara Yuusupova
LiveBarchasi