Andijonda elektromobillar ishlab chiqariladi

Texnologiya

image

2020 yildan boshlab Andijon viloyatining Xonobod tumanida elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Hanabad QB Coin MCHJ mutaxassislari Andijon viloyatida turli rusumdagi elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan”, deyilgan xabarda.  

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Andijon viloyat boshqarmasida xorijlik sarmoyadorlarni qabul qildi. Viloyat rahbari xorijlik sarmoyadorlar bilan suhbat davomida ushbu loyihani to‘laligicha qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ularga belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish borasida tushunchalar berdi.

“Xan” brendi ostida ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan elektromobillar turkumi ixcham yengil elektromobil, IIB xizmati uchun maxsus elektromobil hamda kichik avtobus shaklida ishlab chiqarilishi mumkin.

Bir quvvatlanishda elektromobillar 100-150 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Elektromobilni uy sharoitida 220 voltli rozetkadan ham quvvatlantirish mumkin. Elektromobillarni ishlab chiqarish 2020 yildan boshlash  rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Elektromobil'

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing