O‘zbekistonga Erondan juda iliq havo kirib keladi
Bu qiziq
−
21 noyabr 2022
24228Hafta o‘rtasida O‘zbekiston hududiga Eron hududidan juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiyaya xizmati markazi xabar berdi.
Bugun, 21 noyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining ba’zi joylarida frontal bulutli chiziqlar o‘tishida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Kunduzi havo harorati +13-15 daraja iliq, janubda +18-21 iliq atrofida bo‘ladi.
Ertaga, 22 noyabrdan boshlab va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni +6-8 ga ko‘tariladi. Kunduzi havo harorati 22 noyabr kini +15-17 iliqgacha, so‘ng esa 18-20 iliqgacha, ba’zi joylarda +23 iliqgacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida 22 noyabrga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.
21-22 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Bugun va ertaga respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
LiveBarchasi