O‘zbekistonga elektromobil importi 3,2 baravar ko‘paydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 40,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 314 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 901 taga yoki 3,2 barobarga oshgan.

2022 yilning 7 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobil import qilgan:

•    Xitoy – 1155 ta
•    BAA – 81 ta
•    Germaniya – 29 ta
•    Gonkong – 29 ta
•    Koreya – 7 ta
•    Litva – 7 ta
•    Estoniya – 2 ta

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga joriy yilning olti oyida xorijdan 34,1 mln dollarlik elektromobillar import qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing