O‘zbekistonga bir oyda qancha yevropalik sayyoh kelgani aytildi

Jamiyat

image

2024 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga 4 601 nafar Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari sayyohlik maqsadida kelgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ushbu turistlarning asosiy qismi Germaniya (652 nafar), Italiya (597 nafar), Buyuk Britaniya (523 nafar), Ispaniya (455 nafar) va Fransiya (436 nafar) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bundan tashqari, kuchli o‘nlikdan quyidagi Yevropa mamlakatlari o‘rin olgan:

  • Portugaliya – 235 
  • Polsha – 194 
  • Ruminiya – 184 
  • Daniya – 140 
  • Latviya – 130

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tgan bir yil ichida O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh qaysi davlatdan kelgani ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa O'zbekiston turist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing