O‘zbekistonga berilgan 1 milliard dollar qarz aprel oxirida kelib tushishni boshlaydi
Intervyu
−
17 aprel 2020
6735Xalqaro moliya tashkilotlaridan 1 milliard dollar qarz olinishi bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan va bu mablag‘lar aprelning so‘ngida kelib tushishi kutilmoqda. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov “Hoshimov Iqtisodiyoti” loyihasiga bergan intervyusida ma’lum qilmoqda.
“Bu koronavirusning oldini-olishda birlamchi hisob-kitoblar uchun shunday fondni tuzish topshirig‘i berilgan. Bu qisman byudjet mablag‘lari hisobiga shakllantirilmoqda. Bu holat ko‘pchilikka turlicha ta’sir o‘tkazmoqda. Ayrim davlatlarda narxlar oshgan. Bu – avvalo byudjetda xarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshirilgan mablag‘lar. Bizning hisob-kitobga ko‘ra, boshida 1 trillion so‘mni byudjet hisobidan ishlatamiz.
Shuningdek, Prezident qarorining o‘zida Moliya vazirligiga 1 milliard dollar xalqaro moliya tashkilotlaridan qarz mablag‘larini jalb qilish topshirig‘i berilgan. Bu bo‘yicha birinchi kundanoq, barcha moliya tashkilotlari bilan birlamchi muzokaralarni o‘tkazib deyarli kelishuvga kelindi. Nasib bo‘lsa, bu oyning o‘zida bir qismini, keyin may va iyunda, ketma-ket 4 oyda jami 1 milliard qarz mablag‘i jalb qilinadi”, deydi Moliya vaziri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
LiveBarchasi