O‘zbekistonga anomal sovuq kirib kelyapti. -27 daraja sovuq kutilyapti
Bu qiziq
−
05 yanvar 2023
77105Joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet Bosh direktori Sherzodxo‘ja Xabibullayev o‘z Facebook sahifasida shoshilinch axborot berdi
Uning ma’lum qilishicha, 9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
9-10 yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha, shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
LiveBarchasi