O‘zbekistonga AQSHdan 6 nafar professor o‘qituvchi keladi
Jamiyat
−
10 dekabr 2020
37002021 yilning 17 yanvar kuni O‘zbekistonga AQSHdan 6 nafar xalqaro professor yetib keladi. Ular tomonidan “English Speaking Nation” loyihasi doirasida umumta’lim maktab o‘qituvchilari uchun ingliz tili darslari va malaka oshirish seminarlari o‘tkaziladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, olti nafar professor 10 oy davomida Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida faoliyat olib boradi.
“Professorlar sertifikatlangan mutaxassislar bo‘lib, magistr va doktorlik darajalari hamda AQSH, Yevropa va Osiyoda ko‘p yillik o‘qitish tajribasiga ega. Ular TESOL hamda TOEFL o‘qitish hamda maktab ta’limi sohasida xalqaro miqyosda tan olingan sertifikat sohiblaridar”, deyiladi xabarda.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, har yili taxminan 350-700 nafar xalq ta’limi tizimining ingliz tili o‘qituvchilari Mintaqaviy markazlarda qayta tayyorlashdan o‘tadi. Professorlar yordamida Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi 4000 nafar ingliz tili o‘qituvchisi o‘z malakalarini oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
LiveBarchasi