O‘zbekistonga 2022 yilda qancha turist kelgani aytildi

Bu qiziq

image

2022 yilda 5,2 million nafar chet el fuqarosi sayyohat qilish uchun O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 million nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan. Shundan eng ko‘p – 1551,1 ming nafar Qozog‘iston fuqarosi, eng kam – 5,4 ming nafar Xitoy fuqarosi O‘zbekistonga sayohat qilgan.

O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarning ketma-ketligi quyidagicha:

Qozog‘iston Respublikasidan – 1551,1 ming nafar;

Tojikiston Respublikasidan – 1447,8 ming nafar;

Qirg‘iziston Respublikasidan – 1356,9 ming nafar;

Rossiya Federatsiyasidan – 567,7 ming nafar;

Turkiya Respublikasidan – 75,6 ming nafar;

Janubiy Koreyadan – 19,9 ming nafar;

Germaniya Federativ Respublikasidan – 17,7 ming nafar;

Hindistondan – 16,8 ming nafar;

Amerika Qo‘shma Shtatlaridan – 13,1 ming nafar;

Fransiyadan – 11 ming nafar;

Buyuk Britaniyadan – 10,5 ming nafar;

Ozarbayjon Respublikasidan – 10,4 ming nafar;

Italiyadan – 8,8 ming nafar;

Ispaniyadan – 6,3 ming nafar;

Xitoydan – 5,4 ming nafar.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston turist sayohat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing