O‘zbekistonga 11 oyda xorijdan qancha avtomobil import qilingan?

Jamiyat

image

2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 25 ta xorijiy davlatdan qiymati 502,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 23 155 ta yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 179 taga kamaygan.

O‘zbekistonga yengil avtomobillar eng ko‘p quyidagi davlatdan import qilingan:

  • Xitoy – 6 963 ta;
  • Koreya – 5 630 ta;
  • Rossiya – 4 167 ta;
  • Qozog‘iston – 3 731 ta;
  • Polsha – 1 204 ta;
  • AQSH – 479 ta;
  • Litva – 427 ta;
  • Tailand – 250 ta;
  • Germaniya – 103 ta;
  • Yaponiya – 88 ta.

Avvalroq O‘zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 689 ta elektromobil import qilingani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing