O‘zbekistondan Tojikistonga o‘tish osonlashtirildi

Olam

image

Joriy yilning 15 martdan boshlab O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlari normal ish rejimiga qaytadi, chegarani kesib o‘tish uchun Tojikiston Respublikasi hududida PZR testidan o‘tmasdan to‘liq emlanganlik sertifikatini taqdim etish kifoya qiladi. Bu haqda “Xovar” axborot agentligi xabar berdi.

Ikki mamlakatda epidemiologik vaziyat normallashgani sabab Tojikistonning COVID-19 ga qarshi kurash respublika shtabi tomonidan shunday qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston va boshqa MDH davlatlarining sog‘liqni saqlash organlari tomonidan berilgan emlash sertifikatlari rasman tan olinadi. Chegarani kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin topshirilgan PZR testining salbiy natijasini ham taqdim etish mumkin. Agar sizda ushbu hujjatlardan biri bo‘lsa, Tojikistonda ikkinchi testdan o‘tish shart bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, respublikada niqob taqish tartibi, to‘y va boshqa tantana va marosimlarni o‘tkazishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

564

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing