O‘zbekistondan Rossiyaga parvozlar soni oshiriladi
Jamiyat
−
09 mart 2022
8146Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – Moskva – Toshkent va Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.
Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 9 martdan 14 martgacha, Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa joriy yilning 11, 13 va 14 mart kunlari amalga oshiriladi.
Uning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasida muntazam reyslar jadvalga muvofiq amalga oshiriladi, unga ko‘ra haftasiga 20 dan ortiq reys bo‘ladi.
Qayd etish kerakki, Rossiyaning qator aviakompaniyalari barcha xalqaro parvozlarni bekor qildi. Natijada Rossiyadan O‘zbekiston shaharlarida orasidagi parvozlarga talab ortib ketdi.
LiveBarchasi