O‘zbekistondan Qozog‘istonning 4 ta shahriga parvozlar to‘xtatildi
Jamiyat
−
06 yanvar 2022
6120“Uzbekistan Airways” AJ Olmaota, Aqto‘be va Aqtauga parvozlarni bekor qildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
⠀
2022 yil 8 yanvardan 13 yanvargacha rejalashtirilgan:
• HY761/762/763/764 Toshkent–Olma-ota–Toshkent;
• HY767/768 Samarqand–Olma-ota–Samarqand;
• HY9729/9730 Nukus–Aqto‘be–Nukus;
• HY9725/9726 Urganch–Aqto‘be–Urganch;
• HY9727/9728 Nukus–Aqtau–Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlari yetib boradigan aeroportlarning texnik sabablariga ko‘ra bekor qilindi.
⠀
Qayd etilishicha, Olmaota, Aqto‘be va Aqtauga bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Qozog‘istonda daqiqa sayin alanga olayotgan namoyishlar ortidan Olmaota va Aqto‘be shaharlariga, “Uzbekistan Airways” AJ esa Aqtau shahriga parvozlarni bekor qilgan edi.
LiveBarchasi