O‘zbekistonda 10 dan ortiq tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari “uchdi”

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi 16 ta shahar va tuman hokimi o‘rinbosarlari ishdan olindi. Bundan tashqari, bir qator prokurorlar, Ichki ishlar boshqarmasi va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Prezident matbuot kotibiga ko‘ra, yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1-o‘rinbosarlari lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirgan. Shuningdek:

•  Oltinko‘l tumani, Zarafshon shahri hokimlari; 

•  Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Kosonsoy, Nishon, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Shovot, To‘rtko‘l, Tomdi, To‘raqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Farg‘ona tumanlari, Navoiy, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hokimlarining 1-o‘rinbosarlari;

•  Karmana, Forish tumanlari prokurorlari;

•  Yangiyer, Shahrisabz shaharlari, Forish tumani IIB boshliqlari;

•  Nurota, Muzrabot, Shahrisabz, Mirzacho‘l tumanlari soliq boshliqlari;

•  va respublikadan 11 nafar vakil lavozimidan ozod etilgan.

Bundan tashqari, yig‘ilishda barcha infratuzilmasi va moliyaviy imkoniyatlari mavjud bo‘la turib, respublika bo‘yicha 12 ta shahar hamda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Samarqandning 2 tadan tumanidagi aksariyat hokim yordamchilarining faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan:

•  Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Guliston, Farg‘ona, Marg‘ilon,  Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod shaharlari;

•  Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek, Toshkent, Qibray, Bo‘stonliq va Urgut tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlarini ham ishdan olishga ko‘rsatma berilgan.

Tajribali mutaxassislarni jalb qilib, ushbu shahar va tumanlar hokim yordamchilarini to‘xtovsiz o‘qitish, yo‘nalishlar berib borish, yaxshi-yaxshi tajribalarni o‘rgatib borish kerakligi ta’kidlangan.

O‘tgan 3 oy ichida har bir mahallaning ixtisoslashuvi aniqlab olingani, endi ushbu mahallalarni ixtisoslashuvi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing