O‘zbekistondagi YTHlarning asosiy sabablari ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
17 fevral 2022 10829 1 daqiqa
2021 yil yo‘l-transport hodisalarining ko‘pi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik va harakatni tashkil etishdagi muammolar sabab yuz bergan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Statistikaga ko‘ra, YTHlar quyidagi sabablar bilan yuz bergan:
• Piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani urib yuborish – 1 150 ta (11,5%);
• Harakatni tashkil etishdagi muammolar – 2 009 ta (20,1%);
• Piyodalar o‘tish joyi belgilanmagan joydan kesib o‘tish – 1 380 ta (13,8%);
• Bolalarni qarovsiz qoldirish – 501 ta (5,0%);
• Veloyo‘lak – 610 ta (6,1%);
• Svetofor yoki yo‘l belgisiga rioya qilmaslik – 402 ta (4,0%);
• Haydovchining tajribasizligi – 912 ta (9,1%);
• Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish – 792 ta (7,9%);
• Harakat davomida telefondan foydalanish – 100 ta (1,0%);
• Belgilangan tezlikka rioya qilmaslik – 2 010 ta (20,1%);
• Avtomobilni mast xolda boshqarish – 135 ta (1,4%).
Ma’lum qilinishicha, YTH sodir etgan shaxslarning 9 733 nafari erkak, 268 nafari ayollarni tashkil etgan.
YTH sodir etgan haydovchilarning yoshi bo‘yicha tahlili quyidagicha:
• 25 yoshgacha – 2 008 ta (20,0%);
• 30 yoshgacha – 2 057 ta (20,6%);
• 35 yoshgacha – 1 823 ta (18,2%);
• 40 yoshgacha – 1359 ta (13,6%).
Avvalroq, 2021 yil O‘zbekistonda jami 10 001 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani va buning natijasida 2 426 nafar odam halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi