O‘zbekistondagi yirik nashriyotlardan birining bog‘boni o‘zini osib qo‘ydi
3-sahifa
−
19 fevral 2024 11933 1 daqiqa
Respublikadagi “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimi joriy yilning 16 yanvarida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, nashriyotda bog‘bon sifatida ishlab kelayotgan 1985 yilda tug‘ilgan M.B. nashriyotning yerto‘lasidagi kiyinish xonasida o‘zini osish orqali joniga qasd qilgan.
Dastlabki, tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim bo‘yin a’zolari, sirtmoq bilan siqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, bo‘yin sohasidagi strangulyatsion egat mavjudligi aniqlangan.
Hozirda, marhumning o‘z joniga qasd qilish sabablari va boshqa holatlarni aniqlash uchun maxsus bilim zarurligini inobatga olib, sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.
Ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 32 yoshli ayol o‘zini osib qo‘ygan edi.
Live
Barchasi