O‘zbekistondagi yong‘inni o‘chirishga Qirg‘iziston suv berdi

3-sahifa

image

Shu yilning 20 yanvar kuni O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududida yashovchi fuqaroning molxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegaradosh qishloq aholisi suvdan foydalana olmagani sababli qirg‘izistonlik chegarachilardan ruxsat olgan holda, chegarani kesib o‘tgan hamda o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam tufayli yong‘in o‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa mazkur yong‘in haqida hech qanday axborot bermagan. Qirg‘iziston MXDQ Chegara xizmati esa O‘zbekiston fuqarolariga biror muammo yuzaga kelgan taqdirda uni tegishli qununchilik doirasida bartaraf etish uchun yaqin atrofdagi chegara bo‘linmalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koson Xalq ta’limi bo‘limi binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing