O‘zbekistondagi vazirlik saytini dastlab Isroil, so‘ng Qozog‘iston xakerlari buzib kirdi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2023
23479Yoshlar siyosati va sporti vazirligi sayti xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etishicha, joriy yilning 15 oktyabr 16:00 larda Yoshlar siyosati va sporti vazirligi saytiga kiberhujum uyushtirilgan.
O‘sha vaqti saytning asosiy sahifasida “Your system hacked by Israil team (Sizning tizimingiz Isroil jamoasi tomonidan buzildi)” degan yozuv paydo bo‘lib qolgan.
Vazirlik mazkur holat yuzasidan e’lon qilgan munosabatida veb saytning kiberhujumga uchragani bo‘yicha Kiberxavfsizlik markazi bilan dastlabki tezkor o‘rganishlar o‘tkazilgani, kiberhujum oqibatida jiddiy talafot ko‘rilmaganini ma’lum qildi.
Oradan 4 kun o‘tib, bugun, 19 oktyabr kuni saytning ish faoliyatida yana uzilishlar yuzaga kela boshladi. Bu safar saytning bosh sahifasida “Hi, Uzbekistan. Hacked by Kazhakhstan. Glory Kazakhstan. Kazakhstan strong (Salom, O‘zbekiston. Qozog‘iston tomonidan buzib kirildi. Qozog‘istonga shon-sharaflar. Qozog‘iston kuchli)” so‘zlari paydo bo‘lib qolgan.
Bu muammo hozirda bartaraf etilgan, biroq vazirlik haligacha ikkinchi hujum yuzasidan bayonot bergani yo‘q.
Vazirlik rasmiylarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Kiberxavfsizlik markazi bilan sayt zaifliklari ustida ishlanyapti.
“Vazirlik rasmiy veb-saytini kiberhujumlarga qarshi himoyalash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda. Saytda 1-2 zaifliklar bor ekan, o‘zimizning dasturchilar to‘g‘rilayapti”, deydi vazirlik matbuot xizmati.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr