O‘zbekistondagi tabiiy monopoliyalar ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image

2021 yil 1 aprel holatiga Tabiiy monopoliya sub’ektlarining Davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 130 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ro‘yxatga olingan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar berdi.

Reyestrning respublika bo‘limiga “O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Uzbekistan Airaports” AJ, “Urgenchtransgaz” UK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Maxsusenergogaz” AJ va ularning tarkibidagi tizimlar, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “Damxo‘ja suv ta’minoti” MCHJ, “O‘zaeronavigatsiya” DUK va “O‘zbekneftgaz” AJ kiritilgan.

Reyestrning Toshkent shahri hududiy bo‘limi ro‘yxatiga “Toshissiqquvvati” DUK, Toshkent davlat transport universiteti, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK, “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” MCHJ, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “Zenit” MCHJ, “Fayz” MCHJ, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ, “Toshkent issiqlik markazi” DUK, “Podemnik” AJ, “O‘zelektroapparat-Elektrosheld” MCHJ, “ATM LOGISTIK” MCHJ, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ, “ROSINFORMSERVIS” SHK, “Toshkent devor panellari zavodi” MCHJ kiritilgan.

Tabiiy monopoliya sub’ektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda ro‘yxatga olingan nizom asosida belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing