O‘zbekistondagi oilalarning qanchasi ko‘p farzandli?

Jamiyat

image

Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan joriy yilning yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar (oilalar) 74,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 25,8 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emasligi aniqlangan.

Shundan:

bir bolalilar - 23,0 foiz;
ikki bolalilar - 27,1 foiz;
uch bolalilar - 16,9 foiz;
to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,2 foiz uy xo‘jaliliklarida kuzatilgan.

2000 yilda 81,4 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 18,6 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lmagan.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing