O‘zbekiston OAV erkinligi indeksida yomon o‘rinni egalladi
Jamiyat
−
10 fevral 2023
6237“Chegara bilmas reportyorlar” nodavlat tashkilotining Ommaviy axborot vositalari erkinligi indeksida 2022 yilgi natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston 133-o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, ushbu reytingda 179 mamlakatning ro‘yxati keltirilgan. Mazkur reytingda O‘zbekistonning matbuot erkinligi ko‘rsatkichi 45,74 ballni tashkil etib, mamlakat so‘z erkinlik darajasi past bo‘lgan davlatlar sirasiga kirgan.
Bu ko‘rsatkich tashkilot tomonidan yomon deya baholangan va O‘zbekistonning matbuot erkinligiga izoh berilgan.
“Mamlakatning sobiq Prezidenti Islom Karimov vafotidan keyin OAV uchun sharoitlar deyarli yaxshilanmadi va davlat hokimiyatini tanqid qilish murakkabligicha qolmoqda”, deyiladi izohda.
Shuningdek, OAV erkinlik ko‘rsatkichi past bo‘lgan davlatlar qatoriga Xitoy, Myanma, Turkmaniston, Eron, Eriteriya kirgan bo‘lsa, Norvegiya, Daniya, Shvetsiya matbuot erkinlik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar sifatida qayd etilgan.
Qo‘shni davlatlardan Qirg‘iziston ushbu reytingda 64,25 ball bilan 72-o‘rinda, Qozog‘iston esa 48,28 ball bilan 122-o‘rinda turibdi.
So‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat juda yomon bo‘lgan Belarus 39,62 ball bilan 153-o‘rin, Rossiya esa 38,82 ball bilan 155-o‘rinni egallagan.
LiveBarchasi