O‘zbekistondagi MTTlarda xitoy tili o‘qitilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha chet tili sifatida xitoy tili o‘qitilishi mumkin. Bu masala Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va O‘zbekistondagi Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor Elchisi Szyan Yan xonim o‘rtasidagi onlayn uchrashuv vaqtida muhokama qilindi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

2020 yilning 5 noyar kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelajakdagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Xususan, O‘zbekiston hududida o‘yinchoqlar va turli xil o‘yin uskunalarini hamda didaktik materiallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, davlat-xususiy sherikligi asosida NMTTni tashkil etish taklifi ilgari surildi. Shu bilan birga, suhbatdan DMTTlarida xitoy tilini qo‘shimcha chet tili sifatida o‘rganish, bu borada xodimlar malakasini oshirish kabi masalalar ham o‘rin olgan.

Agrippina Shin va Szyan Yan bilan hamkorlikda Toshkent shahrida raqamli bolalar bog‘chasining pilot loyihasini ishga tushirishni muhokama qildi.

Shuningdek, Xitoyning Sun Sinlin jamg‘armasi hamkorligi doirasida ixtisoslashtirilgan MTTlarning ta’lim sifatini oshirish, xodimlarning bilim salohiyatlarini kengaytirish masalalari borasida fikr almashildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hamkorlik doirasida Xitoyda “Bolalarning erta rivojlanishi uchun innovatsion yondashuv” nomli Ikkinchi o‘zbek-xitoy forumini tashkil etish kelishib olindi.

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi nomidan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga 300 dona o‘yinchoq (termos va kubik-Rubiklar) sovg‘a qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing