O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistondagi 100 ta maktabda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Yangi o‘quv yilidan 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining maoshiga 100 foiz ustama qo‘shiladi. 

“Endi o‘rta ta’limda “sifat indeksi” joriy etiladi”, deydi Prezident. 

Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi. 

Ilg‘or maktab boshqa maktablarga o‘z tajribasini o‘rgatib, ularni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasi 30 foiz ustama oladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing