O‘zbekistondagi inflyatsiya kimlarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatdi?

Jamiyat

image

Joriy yilning mart oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya fevral oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,6 foiz bandga yuqorilab, 15,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan “Aholining daromadlar kesimida inflyatsiya darajasi va sezilgan inflyatsiya” sharhida keltirilgan.

Qayd etilishicha, aholining ko‘pchilik qismi mart oyida shakar va qandolat mahsulotlari, yog‘, go‘sht va sut mahsulotlari qimmatlaganini sezgan bo‘lsa, dukkakli mahsulotlar, tibbiy xizmatlar hamda ichimliklar narxlari o‘sishi kamroq sezilgan.

Faoliyat sohalari bo‘yicha tibbiyot, savdo, qurilish hamda davlat tashkilotida faoliyat yuritayotganlar tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi boshqa soha vakillariga nisbatan yuqoriroq shakllangan. Ayni paytda, qishloq xo‘jaligi va umumiy ovqatlanish sohasida sezilgan inflyatsiya umumiy ko‘rsatkichdan pastroq bo‘lgan.

Sezilgan inflyatsiyaning nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari Sirdaryo, Samarqand hamda Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past ko‘rsatkichlar Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan.

Mart oyida yanvar oyiga nisbatan oziq-ovqat inflyatsiyaning yillik hisobda 13,1 foizdan 14,5 foizgacha tezlashgani jon boshiga 2 mln so‘mgacha va 2-4 mln so‘m daromadga ega uy xo‘jaliklari guruhlariga ko‘proq ta’sir ko‘rsatgan. Bunda ushbu guruxlarning oziq-ovqat inflyatsiyasi mos ravishda 15,7 va 12 foizgacha ko‘tarilgan. Yuqori daromadli (5 mln so‘mdan ortiq) guruhning oziq-ovqat inflyatsiyasi esa 8,6 foizga teng bo‘lgan. 

“Bu, o‘z navbatida, nisbatan kam daromadli aholi xarajatlari tarkibida narxlari yuqori o‘sgan (oziq-ovqat)mahsulotlar ulushining kattaligi, ular tomonidan narxlar o‘sishini ko‘proq sezilishiga sabab bo‘lmoqda”, deyiladi sharhda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing