O‘zbekistondagi ilk Magic City tematik parki 1 iyun kuni o‘z eshiklarini ochmoqda!

Biznes

image

Loyiha mualliflari – The Magic jamoasi 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Magic City parki ochilishi haqida e’lon qildi.

Hozirda mavjud cheklovlar sababli park ochilishi bir necha bosqichlarga bo‘lingan va 1 iyundan boshlab parkning muayyan qismlari faoliyat yuritadi va quyida shular haqida so‘z boradi.

Park hududida 11 ta tematik ko‘cha va ona yurtimiz faxri bo‘lgan Registon maydonchasi joylashgan bo‘lib, ularning har biri tashrif buyuruvchilarni hayratga solishi aniq. Masalan, Amsterdam ko‘chasi qadimiy “suzuvchi” binolarga o‘xshash uylar bilan to‘la. Barselona ko‘chasidagi binolar esa Antonio Gaudi uslubida barpo etilgan bo‘lib, ular tabiiy allyuziyalar bilan to‘ldirilgan.

Shuningdek, Magic City'da O‘zbekistondagi eng katta musiqaviy favvora ham joy olgan. Bu oddiy favvora emas, u park mehmonlariga yorqin emotsiyalar ulashuvchi ajoyib mo‘jizadir. Favvora repertuari musiqa dunyosining eng mashhur kompozitsiyalarini o‘z ichiga oladi. Tomosha davomida esa butun suv sathi bir necha soniya ichida tuman bilan qoplanib, favvora xuddi olov kabi tovlanadi.

Yana bir e’tiborga sazovor ob’ekt – bu Magic City qoq markazida joylashgan qasr bo‘lib, uni qurishda The Magic jamoasi Bavariya shahridagi Noyshvanshtayn me’moriy yodgorligidan ilhomlangan. Parkning bu qismi malikalar haqidagi multfilmlarni xush ko‘ruvchi jajji qizaloqlarga yoqishi aniq. 

Bundan tashqari, tarixiy Kolizey shaklida yaratilgan katta amfiteatr ham hech kimni befarq qoldirmaydi. Xavotir olmang, bu yerda siz gladiatorlar jangini ko‘rmaysiz, lekin kutilayotgan hodisalar sizni lol qoldirishi tayin. 

Asosiysi esa, parkda chiroyli fotosuratlar olishingiz mumkin. 

Park yangiliklarini Instagram’dagi rasmiy sahifada kuzatib boring: 

Manzil: Toshkent, Bobur ko‘chasi, 174-uy. Mo‘ljal: Beshyog‘och.

Rasmiy sayt: magiccity.uz
 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing