O‘zbekistondagi erkak va ayollar soni ma’lum qilindi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2020
27564Jahon aholisi 1800 yilda 1 milliardni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda aholi soni yetti milliarddan ortiq. Bu raqamlar 2030 yilga kelib, 8,6 mlrd kishiga yetishi tahmin qilinmoqda. Tabiiyki, bu o‘rinda O‘zbekiston aholisi bugungi kunda qancha ekanligi barchada birdek qiziqish uyg‘otadi.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda, 2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakat aholisining doimiy soni 34 382,7 ming kishini tashkil etmoqda.
Umumiy hisobdan ayollar soni 17 092,2 ming kishi bo‘lib, mamlakat aholisining 49,7 foizini tashkil etadi.
O‘z navbatida, erkaklar soni 17 290,5 ming kishini, ya’ni mamlakat aholisining 50,3 foizini tashkil etadi.
Shu jumladan, 2020 yilning 9 oyi mobaynida FHDYO organlari tomonidan 614,7 ming chaqaloq (tirik tug‘ilganlar) ro‘yxatga olingan. Ulardan 295,4 ming qiz va 319,3 ming o‘g‘il bolalardir.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi