O‘zbekistondagi Birinchi A+ Biznes-Park Trilliant Ofislarni ijaraga berishni boshladi!

Biznes

image

Ofis, mehmonxona va premium klas savdo do‘konlarini birlashtirgan O‘zbekistondagi birinchi  A+ Biznes Parki Trilliant ofislarni ijaraga berish boshlandi.

Trilliant loyihasi dunyodagi eng yirik me’morchilik idoralaridan biri – cingapurlik DP Architect tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu kompaniya dunyoga mashhur The Dubai Mall va Emaar Square Mall kabi binolar hamda xalqaro darajadagi ko‘plab ofis loyihalar muallifi ham hisoblanadi. Trilliant Toshkentdagi qulay joylashuvi va qadimiy me’moriy xususiyatlari bilan O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi birinchi A+ The Business Park loyihasiga aylanadi.

Ofis, mexmonxona, hashamatli savdo do‘konlarini o‘z ichiga olgan Trilliant oddiy ofis binosini yuqori standartlar va qulayliklarga ega biznes parkiga aylantirmoqda. 14 va 17 qavatli ikkita ofis binosi, 17 qavatli mehmonxona inshooti, kongress markazi, restoran va kafelarni o‘zida jamlagan Trilliant, Toshkentning ijtimoiy hayoti va biznes olami uchun eng muhim diqqatga sazovor markazlaridan biri bo‘ladi.

Ofislarni ijaraga berish boshlandi

Trilliant loyihasida jami 15,795 kvadrat metr ofis maydoni ijaraga beriladi. Ijaraga berish uchun mo‘ljallangan 14 qavatli binoda 141 ta A toifali ofislar mavjud bo‘lib, ijarani Trilliant savdo ofisi amalga oshiradi. Ijara uchun taklif etilayotgan ofislar 67 kvadrat metrdan 1460 kvadrat metrgacha kattalikda bo‘lib, loyihadan ofis ijaraga olgan kompaniyalar dizayn va ta’mir ishlarini darhol boshlashlari mumkin. Dunyoning eng katta mehmonxona tarmoqlaridan biri bo‘lgan Intercontinental Hotels Trilliant loyihasi doirasida qisqa vaqt ichida o‘z eshiklarini ochishi sababli mehnat faoliyati va ijtimoiy hayotning sezilarli darajada gavjum va faol bo‘lishi kutilmoqda. Loyiha hududida 2 ta restoran paviloni o‘z mehmonlariga lazzatli taomlarni taklif qiladi va ayniqsa kechki ziyofatlar uchun nafis muhit yaratadi.

Loyiha majlis xonalari bo‘lgan kongress markazi va dunyoga mashhur hashamatli brendlar joylashgan ko‘cha bilan barcha mahalliy va xorijiy xodimlarning ehtiyojlarini qondiradigan tarzda hayotga tatbiq qilinmoqda.

Leed Gold sertifikat nomzodi.

O‘zbekiston ishbilarmonlar olamining kelajakdagi ehtiyojlarini ko‘zlab, tayyorlangan loyiha xalqaro standartlardagi ofisning barcha talablarini hisobga olgan holda qurilgan. 

Samaradorlik va motivatsiyaga yo‘naltirilgan arxitektura, kun yorug‘idan maksimal darajada foydalaniladigan fasad, ochiladigan derazalar, 4,38 m balandlikdagi shift, ko‘p qavatlarni 1,5 soniyada yaqinlashtiruvchi Otis lifti va boshqa ko‘plab innovatsion xususiyatlar ajoyib hashamatning haqiqiy zavqini his qilish imkonini beradi.

Trilliant – barqaror rivojlanish sohasida, dunyoda qabul qilingan eng yuqori xalqaro akkreditatsiyalardan biri bo‘lgan Leed Gold sertifikati talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. Eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan va malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan ofis minorasi, barcha boshqaruv tizimlarini bir tom ostida birlashtirib, zamonaviy barqarorlik standartlari bilan faoliyat boshlamoqda. O‘zbekistondagi birinchi Leed Gold sertifikati loyihasi bo‘lishga nomzod bo‘lgan Trilliant, o‘zining kam energiya iste’moli, barqaror landshaft maydoni, avtomobillarni zaryadlash stansiyalari, qayta ishlash va chiqindilarni boshqarish tizimlari va aqlli ventilyatsiya texnologiyalaridani foydalanadi va shu bilan bir qatorda operatsion xarajatlarni kamaytiradi.

Ma’lumot uchun: +998 71 205 59 95

e-pochta: info@trillianttashkent.uz

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing